Tilmoch
"tilmoch"Tezkor va hamyonbop model. Katta hajmdagi kontent va kundalik tarjimalar uchun.
0.2 so‘m/belgi
Dokumentatsiya
Turkiy tillar uchun tarjima API’si. Bitta REST endpoint, ikkita model, o‘n oltita til — ilovangizga bir necha daqiqada ulang.
Tilmoch API — HTTPS orqali ishlaydigan oddiy RESTful interfeys. So‘rov va javoblar JSON formatida. Boshlash uchun uchta qadam kifoya:
https://websocket.tahrirchi.uz/translate-v2 Barcha so‘rovlar Authorization sarlavhasida API kalitini talab qiladi:
Authorization: YOUR_API_KEYMuhim: API kalitingizni maxfiy saqlang — uni frontend kodiga yoki ommaviy repozitoriylarga joylamang.
API kalitini olish uchun ro‘yxatdan o‘ting.
So‘rovdagi model parametri orqali modelni tanlaysiz:
"tilmoch"Tezkor va hamyonbop model. Katta hajmdagi kontent va kundalik tarjimalar uchun.
0.2 so‘m/belgi
"sayqalchi"Yuqori sifatli model. Kontekstni chuqurroq tushunadi, uslubni saqlaydi. Tavsiya etiladi.
0.35 so‘m/belgi
source_lang va target_lang parametrlarida quyidagi kodlardan foydalaning:
| Kod | Til |
|---|---|
uzn_Latn | O‘zbekcha (lotin) |
uzn_Cyrl | O‘zbekcha (kirill) |
uzs_Arab | Janubiy o‘zbekcha (arab) |
kaa_Latn | Qoraqalpoqcha (lotin) |
kaa_Cyrl | Qoraqalpoqcha (kirill) |
kaz_Cyrl | Qozoqcha |
kir_Cyrl | Qirg‘izcha |
tuk_Latn | Turkmancha |
azj_Latn | Ozarbayjoncha |
tur_Latn | Turkcha |
tgk_Cyrl | Tojikcha |
kat_Geor | Gruzincha |
rus_Cyrl | Ruscha |
eng_Latn | Inglizcha |
zho_Hans | Xitoycha |
kor_Hang | Koreyscha |
| Parametr | Turi | Majburiy | Tavsif |
|---|---|---|---|
text | string | Ha | Tarjima uchun matn (maksimal 5000 belgi). To‘plamli tarjimada text o‘rniga texts ishlatiladi. |
texts | string[] | Yo‘q | To‘plamli tarjima uchun matnlar ro‘yxati. text yoki texts dan biri majburiy. |
source_lang | string | Ha | Manba tilining kodi |
target_lang | string | Ha | Maqsadli tilning kodi |
model | string | Ha | Tarjima modeli ("tilmoch" yoki "sayqalchi") |
format | string | Yo‘q | So‘rov formati: "text" (standart) yoki "html". HTML rejimida faqat matn tarjima qilinadi, teglar saqlanadi. |
So‘rov namunasi
{
"text": "Salom dunyo!",
"source_lang": "uzn_Latn",
"target_lang": "eng_Latn",
"model": "sayqalchi"
}Bir so‘rovda bir nechta matnni tarjima qilmoqchimisiz? To‘plamli tarjima bo‘limiga qarang.
Muvaffaqiyatli so‘rovda tarjima translated_text maydonida qaytadi:
{
"translated_text": "Hello world!"
} Xatolik yuz berganda javob message maydonida xatolik tavsifini o‘z ichiga oladi:
{
"message": "Xatolik tavsifi"
} Bir so‘rovda bir nechta matnni tarjima qilish uchun text o‘rniga texts massivini yuboring. Javob translated_texts massivida, so‘rovdagi tartibda qaytadi.
Eslatma: har bir matn alohida hisoblanadi — narx va 5000 belgilik cheklov massivdagi har bir element uchun alohida qo‘llaniladi. source_lang, target_lang va model butun massivga birdek qo‘llaniladi.
So‘rov namunasi
{
"texts": [
"Salom dunyo!",
"Qalaysiz?"
],
"source_lang": "uzn_Latn",
"target_lang": "eng_Latn",
"model": "sayqalchi"
}Javob namunasi
{
"translated_texts": [
"Hello world!",
"How are you?"
]
}cURL
curl -X POST https://websocket.tahrirchi.uz/translate-v2 \
-H "Content-Type: application/json" \
-H "Authorization: YOUR_API_KEY" \
-d '{
"texts": ["Salom dunyo!", "Qalaysiz?"],
"source_lang": "uzn_Latn",
"target_lang": "eng_Latn",
"model": "sayqalchi"
}' Veb-kontentni tarjima qilish uchun so‘rovga "format": "html" qo‘shing. Bunda HTML tahlil qilinadi va faqat matn tarjima qilinadi — teglar, atributlar va struktura o‘z joyida saqlanadi. format parametri bo‘lmasa yoki "text" bo‘lsa, matn oddiy matn sifatida tarjima qilinadi. HTML rejimi ham yakka text, ham texts bilan ishlaydi.
Tarjima qilinadi
alt, title, placeholder, aria-label<meta> description va keywordsTegilmaydi
script, style, pre, code, textarea, svgtranslate="no" bo‘lgan elementlarnotranslate klassli elementlarHisob-kitob: narx va belgi cheklovi faqat tarjima qilinadigan matn bo‘yicha hisoblanadi — teglar va markup uchun to‘lov olinmaydi.
So‘rov namunasi
{
"text": "<p>Salom <b>dunyo</b>!</p>",
"source_lang": "uzn_Latn",
"target_lang": "eng_Latn",
"model": "sayqalchi",
"format": "html"
}Javob namunasi
{
"translated_text": "<p>Hello <b>world</b>!</p>"
}cURL
curl -X POST https://websocket.tahrirchi.uz/translate-v2 \
-H "Content-Type: application/json" \
-H "Authorization: YOUR_API_KEY" \
-d '{
"text": "<p>Salom <b>dunyo</b>!</p>",
"source_lang": "uzn_Latn",
"target_lang": "eng_Latn",
"model": "sayqalchi",
"format": "html"
}'curl -X POST https://websocket.tahrirchi.uz/translate-v2 \
-H "Content-Type: application/json" \
-H "Authorization: YOUR_API_KEY" \
-d '{
"text": "Tarjima uchun matn",
"source_lang": "uzn_Latn",
"target_lang": "rus_Cyrl",
"model": "sayqalchi"
}'| Model | Narx | Maksimal hajm | Chastota |
|---|---|---|---|
| Tilmoch | 0.2 so‘m/belgi | 5000 belgi/so‘rov | 50 so‘rov/daqiqa |
| Sayqalchi | 0.35 so‘m/belgi | 5000 belgi/so‘rov | 50 so‘rov/daqiqa |
Batafsil ma’lumot uchun Narxlar sahifasiga o‘ting. Yuqoriroq limitlar kerak bo‘lsa, biz bilan bog‘laning.
Hozircha faqat REST API qo‘llab-quvvatlanadi. Yaqin kelajakda Model Context Protocol (MCP) serveri ham taqdim etiladi — bu Claude va boshqa sun’iy idrok agentlariga Tahrirchi tarjimasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri vosita (tool) sifatida ulash imkonini beradi.
Sun’iy idrok modellari uchun dokumentatsiyaning qisqa versiyasi: llms.txt · to‘liq versiyasi: llms-full.txt
Savol yoki muammolaringiz bormi? Biz bilan bog‘laning: